Ota-onam ajrashtirishmoqchi

Assalomu alaykum! Hozir yig‘lab yozayaman, nima qilishni bilmay qoldim, ota-onam xotining bilan ajralasan deb turvolgan. Men va xotinim bir birimizi sevamiz, mendan farzand bo‘lmaydi ekan, bilaman buni singlimi aybi bilan o‘yda janjal bo‘ldi. Ota-onam singlimi yonini olib xotinimga tashlanib ketti. Men esa jaxil ustida xotinimni uyga olib borib tashadim. Endi bo‘sa kerak emas olib kema deb turvolishgan. Shuni deb ota-onangni tanimay kelding dedi. Meni kiynab yuborishdi, nima qilay, ajrashaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzand ko‘rmaslik aybi sizda bo‘lsa ajrashing. Talog‘ini bering, boshqa turmush qurib farzand ko‘rsin, xudbinlik qilmang. Ayb ayolingizda bo‘lsa siz boshqa uylanib farzand ko‘ring. Ayolingiz yashayman desa, imkonini qilsangiz nikohingizga olaverasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar