Ho‘jayin muomalasi

Assalamu-alaykum. Alloh sizni qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Bir savdo do‘konida savdo qiluvchi sotuvchi (oylik evaziga ishlaydi), lekin haridorlar bilan o‘zi hisob kitob qiladi ya‘ni nasiyaga beradi va nahdga sotadi,haridorlarni ham o‘zi taniydi.Bu orada qarzi bor haridor hisob kitob daftarim yo‘qoldi va hokazo bahonalar bilan sizdan qarzim yo‘q dedi (tan olishni istamaydi),qarzim bor deb tan olganlar ham 2-3 yildan beri imkoni boricha cho‘zib bermay yuribdi yoki oz-ozdan beryapti.Ho‘jayin mollarni huddi o‘zingizniki deb tasarruf eting deb aytgan va nasiyaga ham berib turing hammaga ham ishonchsizlik qilavermang degan 2-3 marta balki undan ko‘proq.Endi qarzlar sizni bo‘yningizga siz to‘laysiz deyishi mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gapni ikkingiz birga bo‘lib ilmli odamdan so‘ranglar. Hozir bir taraf aytgani uchun javob berib bo‘lmaydi.

5 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 150 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar