Homilador ayolning chap tamonga qarab yotishi
Assalomu alaykum! Ma’lumki Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sunnatlarida uxlaganda o‘ng tamonga qarab yotish kerak. Chap tamonga qarab yotish mumkin emas. Hozirgi tibbiyot esa homilador ayollarga chap tarafga qarab yotishni tavsiya qilayapti. Sababi homila jigar va boshqa a’zolarni ezib qo‘yishi mumkin ekan. Savolim shuki: shariatimizda aynan homilador ayollarning qanday holatda yotishlari kerakligi to‘g‘risida alohida ko‘rsatmalar bormi? Shu masalada siz ahli ilmlardan biz va biz kabi yosh oilalarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishlaringizni so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi yotish o‘ng tomonga bo‘lishi sunnat. Keyin qulay tomonga o‘zgarib olaveradi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 144 | Ayollarga oid masalalar