Dinimiz ta’limotlarida

Assalomu alaykum! Dinimizda o‘y-fikrlarning moddiylashuvi, ya’ni real hayotga ko‘chishi bor narsami? Men bir hadisi qudsiy o‘qigan edim. Quyidagicha: Men bandamning menga bildirgan gumonidaman. Agar bandam Alloh shu narsalarni berishga qodir va beradi desa unga so‘raganini beraman. Shu hadis sahihmi? Buni hayotimizga qanday qo‘llasak bo‘ladi? Yuqoridagi savolga aloqasi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yaxshi umidda bo‘lish kerak. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ: أَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْدِي بِي. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla «Bandam Men haqimda nima gumon qilsa, o‘shandoqman» dedi», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Banda Alloh taolo haqida qanday gumon qilsa, Alloh taolo unga o‘sha gumonga mos muomala qiladi. Shuning uchun mo‘min banda doimo Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lmog‘i kerak.  ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar