Bola siydigi

Assalomu alaykum! Oldingi savolimga berilgan javob uchun katta rahmat. Savol javoblarni o‘qib, siydik haromligi to‘g‘risidagi jvobingiz qiziqtirib qo‘ydi. Siydikni harom degansiz hatto bolanikiyam. Yaratgan egam yana bir bor ravo ko‘rgan ikkinchi qizim shukurlar bo‘lsin 1 yoshda. 1 yoshli bola o‘zi bilmagan holda hojat qiladi, xohlasa kiyimiga xohlasa bizni ustimizga. Agar bola siydigiyam harom bo‘lsa, agar ustimizga siyib qo‘ysa biz ham harom va tahorat olishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Badan yoki kiyimga najosat tegishi ila tahorat ketmaydi. Lekin badan yoki kiyimdan najosat tekkan joyni yuvib olishingiz shart. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar