Aroq va yolg‘on so‘zlash

Assalomu alaykum! Bizning magazinmiz bor, afsuski biz mast qiluvi ichimlik ham sotamiz. Onamni bu ishdan qaytarishga ko‘p xarakat qilganman, lekin foydasi bo‘lmayapti. Savdoda ko‘pincha o‘zim o‘tiraman. Shu vaqtda mendan odamlar aroq so‘rashadi, men esa qolmagan deb yolg‘on gapiraman. Mo‘min yolg‘onchi bo‘lmasligini bilaman, lekin aroq sotsam ham gunohku. Men yolg‘on gapirganim uchun gunohkor bo‘lib qolmadimmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirmang. Sotmang ham hozir sotishga yo‘q deb qo‘yavering. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar