Savdo pulidan erdan beso‘roq ishlatish
Assalomu alaykum! Eru hotin birga savdo qilamiz. Erimga bildirmasdan savdoni pulidan olib o‘z ehtiyojlarimga ishlatsam bo‘ladimi yoki azgina qarzlarimiz bor o‘shalaga bersam bo‘ladimi? Keyinchalik aytaman olgan pullarimni nimaga ishlatganimni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar nafaqangizni vaqtida berib turgan bo‘lsa bu ishingiz o‘g‘irlik hisoblanadi. Bermayotgan bo‘lsa nafaqangizga etadiganini olishingiz joiz, ortiqchasini olishga haqqingiz yo‘q. Er bilan ota-onasiga yordam beradigan darajada pul berib turishini kelishish ham mumkin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ هِنْدًا بِنْتَ عُتْبَةَ قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَبَا سُفْيَانَ رَجُلٌ شَحِيحٌ وَلَيْسَ يُعْطِينِي مَا يَكْفِينِي وَوَلَدِي إِلَّا مَا أَخَذْتُ مِنْهُ وَهُوَ لَا يَعْلَمُ، فَقَالَ: خُذِي مَا يَكْفِيكِ وَوَلَدَكِ بِالْمَعْرُوفِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Hind bintu Utba:
«Ey Allohning Rasuli, Abu Sufyon o‘ta baxil odam, unga bildirmay olganimdan boshqa menga va bolamga kifoya qiladigan hech narsa bermaydi», dedi.
«O‘zingga va bolangga etarlisini to‘g‘rilikcha ol», dedilar u zot.
Ikki shayx rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Bu rivoyatdan ham bola-chaqaning nafaqasi ularga etarli miqdorda bo‘lishi kerakligi kelib chiqmoqda. Agar er baxillik qilib, oz bersa, xotin undan berkitib olsa ham bo‘lishi bayon qilinmoqda. Bunda faqat o‘z haqqinigina olishi kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush