Koreyadagi aktsiyalar

Assalomu alaykum! Men hozi Junabiy Koreya Respublikasiga o‘qishga kelganman. Bu erda mobil kompanyalar har hil aktsiyalar qilishadi. Bizni chet el guvohnomamizga rasmiylashtirib foydalansak bo‘ladi. Meni o‘ylantirgan holat ular telefon berishadi qiymati deylik 300 dollar. Shu telefonga 4 oylik to‘lovlarni o‘zlari qilib berishadi. Ikki oylik mobil aloqa to‘lovlarini foydalanuvchi qilishi kerak bo‘ladi. Shartnoma 6 oylik bo‘ladi, 6 oy to‘lgandan shartnonamada ko‘rsatilgan uzdirish summasi to‘lanib, kompanyadan sim karta o‘chirilarkan. Shu bilan bitta telefonli bo‘lib olish mumkin. Bu erda hech qanday bank aralashmasdan avtomatik tarzda oylik to‘lovlar kartadan echib olinadi. Kompanyalar ko‘pligi uchun bunday aktsiyalar juda ko‘p bo‘ladi. Musulmon odam bulardan foydalanishi joizmi? Bazi namozxon akalardan so‘rasak bu koreyslar sizga ziyonga sotmaydi balki bundan foyda oladi, chunki ularda ham plan bor shuni bajarish kerak buni yolg‘on joyi yo‘q hamma vadaga muvofiq ish qilsa bo‘ldi deyishadi. Agar aktsiya olmasdan sim kartani o‘ziga to‘lasak deyarli shu miqdorda sim kartaga to‘lov qilamiz. Agar aktsiyadan olsak ham sim karta ishlatamiz ham telefonli bo‘lib olishimiz mumkin. Ko‘pchilik brodarlarimiz so‘rab surishtirmasdan ko‘p miqdorda olishyapti. Buni hukmi qanday bilmasdan noto‘g‘ri gunoh ishlarni qilishdan Alloh asrasin. Men ham shu aktsiyalardan olmoqchi edim shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aytishingizga qaraganda biz buni nojoiz joyini bilmadik. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar