Sunnat va farz amallari
Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar. Suvda suzish, uloq minish, kamondan o‘q uzish kabi amallar mo‘min inson uchun sunnat amallari ekanligi rostmi? Umuman sunnat va farz amallari haqida kengroq ma’lumot bilishni istardim. Savolim nojoiz bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Buxoriy va imom Ahmad Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bozorda kamon otish musobaqasini o‘tkazayotan aslamlik kishilar huzuridan o‘tib qoldilar va:
«Ey Bani Ismoillar! Otinglar! Otangiz mergan edi. Otinglar! Men Bani Fulon bilanman!» dedilar. Shunda taraflardan biri qo‘llarini tiydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlarga nima bo‘ldi? Otmay qo‘ydinglar?» dedilar. Ular:
«Siz ular bilan bo‘lsangiz, qanday ham otar edik?!» deyishdi. Shunda u zot:
«Otinglar! Men hammangiz bilanman!» dedilar».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yosh avlodning sog‘lom bo‘lib o‘sishini ta’minlash borasida ota-onalarni farzandlarini badantarbiya bilan shug‘ullantirishga targ‘ib qilganlar. U zot:
«Avlodlaringizga suzishni, otishni va ot minishni o‘rgatinglar», deganlar.
Boshqa bir hadisi sharifda esa:
«Yozishni, suzishni va otishni o‘rgatish farzandning ota-onadagi haqqidir», deyilgan.
Ushbu rivoyatlarda kelgan ma’nolar yaxshi, albatta. Ammo o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, Islom o‘zining butun borlig‘i bilan harakat dinidir. Unda hech narsa harakatsiz bo‘lmaydi. O‘ylab ko‘ring-a, bir vaqt namoz o‘qish uchun inson qanchalik harakat qiladi. Saharda uyqusidan turib, tahorat qilib, namoz o‘qish jo¬yiga borib, ikki rak’at namoz o‘qigunicha odamning birorta bo‘g‘ini qolmay, harakatga keladi.(“Hadis va Hayot” kitobidan)
Farz.
Shariat jazm ila, shubhasiz va qat’iy dalil bilan talab qilgan ish farzdir.
Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin:
Qur’oni Karim ila sobit bo‘lgan farz amalga Islomning besh rukniga o‘xshash amallar kiradi.
Mutavotir va mashhur sunnat ila sobit bo‘lgan farzga namozda qiroat qilishni misol keltirish mumkin.
Ijmo’ ila sobit bo‘lgan farzga to‘rt xil taom – bug‘doy, arpa, xurmo va tuzlarning ba’zilarini ba’zilariga nasiyaga sotish haromligi misol bo‘ladi.
Farz amalni qilish lozim va lobuddir. Uni qilgan odam savob oladi. Farz amalni qilmagan odam osiy bo‘lib, iqobga qoladi. Farzni inkor qilgan kofir bo‘ladi.
Sunnat.
Shariat jazm etmasdan talab qilgan, uni qilgan odam savob olib, qilmagan mazammat qilinmaydigan amal «sunnat» deyiladi.
Qarz oldi-berdisini vasiyqa sifatida yozib qo‘yish haqidagi hukm buning misolidir.
Sunnat amalni qilgan odam savob oladi. Uni tark etgan odam iqob qilinmaydi. Unday kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning malomatlariga va itoblariga qolishi mumkin.
Hanafiylardan boshqalar sunnatni mandub, nafl, mustahab, tatovvu’, ehson va hasan kabi nomlar bilan ham ataydilar.
Hanafiylar esa sunnat bilan mandub va mustahabning orasida farq bor, deydilar.
Sunnat ta’kidlangan amal bo‘lib, dinda shart bo‘lmagan, ammo uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimiy ravishda qilib yurganlar va ba’zan uzrsiz tark qilganlar.
Mandub yoki mustahab esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimiy ravishda qilmagan amallardir.
Hanafiylar Sunnatni bir necha turga taqsimlaydilar:
1. Sunnati muakkada. Jamoat namoziga o‘xshash amallar.
2. Sunnati mashru’a. Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasini tutishga o‘xshash amallar.
3. Sunnati zoida. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eyish-ichishlari, kiyinishlari, yurish-turishlari, uxlashlariga ergashishga o‘xshash ishlar. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam.
20 Aprel 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 223 | Turli savollar