Maosh adashib ko‘p berilsa

Assalom aleykum! Men 2017-yil fevral oyida davlat idorasiga ishga kirgandim. Oylik maosh olishning davlat tomonidan belgilangan qonun qoidasiga ko‘ra men ishlayotgan lavozimda (kichik ilmiy hodim) dastlabki ikki yilda 1mln 6 yuzming qanchadir maosh olish kerak ekan. U erdagi hisobchi adashib menga ikki yillik shu lavozimda mehnat amaliyotiga ega bo‘lgan hodimga beriladigan maosh ya’ni 1 mln 7yuzming qanchadir yozgan va 4 yoki 5 oy davomida ortiqcha maosh olganman. Savollarim: 1. Meni bu narsadan habarim bo‘lmagan (hamkasblarim aytishgan lekin men hisobchini o‘zi biladi deb) hech narsa qilmaganman. Shu ortiqcha pullar menga halolmi yoki harommi? 2. Agar harom bo‘lsa men bu pullarni qaytib berish bilan gunihni o‘zimdan soqit qila olamanmi? 3. Agar halol bo‘lsa ham ( chunki men bundan behabar bo‘lganman va men bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi pulni olib kelganman), bu pullarni qaytib bersam, oilamni haqini berib yuborgan bo‘lib gunohga qolmaymanmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Halol emas. 2). Qaytib berishingiz shart va tavba ham qilasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar