Kolgeyt spreyi

Assalomu alaykum! Kolgeyt spreyi og‘izdagi noxush hidlarni ketkazish uchun ishlatiladi. Lekin uni tarkibida spirt bor ekan. Agar shu spreyni ishlatib keyin tuflab tashlasa, shunday tarzda ishlatish joizmi? Alloh taolo barchalarimizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslida barcha ulamolar nazdida spirt harom hisoblanadi, chunki u mast qiluvchidir. Faqat Abu Hanifa rahmatullohi alayhgina “Pok, mast qilish uchun ichish harom” deydilar. Hozirgi kunda shariat istilohidagi  “Umumul balvo” ya’ni saqlanish qiyin holatda ommalashganligini e’tibori bilan Abu Hanifa rahmatullohi alayhning qavllariga fatvo berildi. Shuning uchun tibbiyotda ukol qilishdagi badangan surtish joiz. Og‘izni hidini ketkazishdagi foydalanish ham joiz. Fatvo Abu Hanifa rahmatullohi alayhning qavliga berilgan. Ibn Obidin rahmatullohi alayh “G‘oya” kitobidan makruhi tahrimiylikni ham zikrini keltirgan. Zohir gap shuki makruhi tahrimiylik ular bilan shariat ruxsat bergan ishlar qasd qilinmasa makruhlik bo‘ladi. Agar ruxsat berilingan ishlar qasd qilingan bo‘lsa, masalan ukol qilishda spirtdan foydalanish yoei eb ichishdan boshqa siyoh, atir tayyorlashda ishlatilsa makruhi tahrimiy ham bo‘lmaydi. Garchi uni o‘rnini bosadigan boshqa narsalar bo‘lganda saqlanish afzal bo‘lsada. (“Fiqhul buy’” Muhammad Taqiy Usmoniy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar