Ilm olsa namoz o‘qigandan ham Allohga yaqin bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Bir tanishim bilan baxslashib qoldim. U menga dunyoviy ilmlarni o‘rganib olim bo‘lib namoz o‘qimasang xam Allohga namozxonlardan xam yaqin bo‘lasan deb aytmoqda. Buni Qur’oni Karimda o‘qiganman dedi. Men tushuntira olmayapman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha tanishingiz Qur’oni karimda bor deb Allohning kalomiga qo‘shimcha qilibdi. Aslida u aytgan gapi Qur’onda yo‘q. Aksincha u kufr gap. Alloh taolo "Yunus" surasida marhamat qiladi:  فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ إِنَّهُ لاَ يُفْلِحُ الْمُجْرِمُونَ۝ 17. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar zafar topmaslar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar