Yana Sunniy aqiydalar kitobidan
Assalamu a’laykum Shayx hazratlari! Alloh Ta’olo ishlaringizga baraka bersin! Sizga 11-iyun kuni Al-Ash’ariy haqida aytilgan xulosa haqida savol bergan edim. Undan qoniqarli javob oldim. Endi menda bunday savol paydo bo‘ladi. Yana o‘sha iqtibosga kelsak(Sunniy aqiydalar, 14-bet): “Tashbihga oid oyatlarning zohirini – sirtqi ma’nosini olgan. Ammo tashbihga o‘tmagan.” degansiz. Endi savol shuki, Ash’ariy tashbihga oid oyatlarning sirtqi ma’nosini olganu, endi qanday qilib tashbihga o‘tmagan bo‘lishi mumkin yoki aksincha, o‘shani qanday tushunish kerak? Masalan, “Ar-Rohmanu a’lal Arshi istava”ning sirtqi ma’nosi – Alloh Arshga barobarlashdi degan ma’noni olib turib, tashbihga o‘tmagan,-degan ma’no chiqmaydimi, axir! Xato yozgan bo‘lsam Allohdan kechirim so‘rayman!Mening o‘yimni tushunarsiz deb o‘ylayman. Iltimos sizdan, yuqoridagi keltirilgan iqtibosdagi jumlalarning orasidagi bog‘liqlikni misol keltirib aniqroq tushuntirib bersangiz.Agarda savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo bu mening gapim emas, ulamolarning gapi. Qolaversa, sirtini olgan deyish tashbihga o‘tmagan deyishning ayni o‘zidir. Tashbihga o‘tsa, sirtidagi ma’nodan boshqa Alloh taoloni O‘zi yaratgan boror narsaga o‘xshatishga o‘tgan bo‘ladi.
5 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda