Shayton tasviri

Assalomu alaykum! Men bir futbol jamoasi muxlisiman. U jamoaning emblemasida qizil rangda soddaroq ko‘rinishda shaytonning tasviri bor. Jamoaning ham laqabi "iblislar". 1) Biz shu jamoaga muxlislik qilsak, emblemasi tushirilgan forma-kiyimlarini kiysak bo‘ladimi? 2) Biron futbol jamoasiga muxlislik qilish o‘shalarga taqlid qilishga kirmaydimi? Ya’ni qiyomatda ular bilan birga tirilmaymizmi? Xato yoki noo‘rin savol bergan bo‘lsam ming bor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘lmaydi.2). Taqlid qilishga kiradi. Alloh saqlasin birga bo‘lib qolishingiz xavfi bor. Hozirga zamonda hamma vaqt tanqisligi baraka yo‘qligidan nolib yashaydigan bir vaqtda inson dunyo va oxirati uchun foydali ummat va mo‘minlarga manfaatli ish bilan band bo‘lib shu haqida o‘ylab unga aloqador savol berib javob olib ilmini oshirsa yanada mantiqiy hayot insofli yondashuv bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:40 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar