Pullarni qanday qaytarsa bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qimor o‘ynash xarom, undan topilgan pul ham harom, pullarni egasiga qaytarish shart deyilgan. Agar pulni internet tarmog‘i orqali rossiya va boshqa davlatlar bilan, tenis, basketbol, futbol kabi o‘yinlarga pul tikib undan yutgan pullarni qanday qaytarsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imkon boricha egalarini topib berasiz, agar topa olmasangiz ularning nomidan savob umid qilmasdan faqir miskinlarga sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar