Oilaviy sharoitim

Assalomu alaykum! Men 19 yoshdaman ota onam anchadan beri urush janjal bilan umr kechirishardi mana oxir ajrashishmoqchi men onam ukam va singillarimga bosh bo‘lib onam bilan uydan chiqkib kettim. Dadamni uyi sharoiti xammasi joyida onamga "mayli qolgan umrlarini o‘zlari xoxlaganday yashasin uylansin xayotini davom ettirsin lekin men baribir shu odamni farzandiman xabar olib turaman aloqani uzmayman" desam onam: "ko‘cha ko‘yda so‘rashsang mayli lekn uyiga qadam bossang norozi bo‘laman sendan, otangdan voz kech demayman lekin aloqani bunchalik bog‘lama, uylangandan keyin nimasidan xabar olasan, yangi xotini seni quchoq ochib kutib oladimi" dedilar. Men xotini bilan nima ishim bor borsam dadam bilan ko‘rishgani xabar olgani boraman dedim. Onam mendan xafa bo‘lib qoldilar otam uylangandan keyin uni yangi uyiga oyda yilda borib turishim to‘g‘rimi yoki shart emasmi? Yani onamni raylariga qarshi bormaganim maqulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangiz bunday deyishga haqli emas. Unga bildirmay otangizni xizmatlarini qilavering. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar