Aksiyalar savdosi haqida

Assalomu alaykum! Masalan, "AAA" kompaniyasini shariy skrining qilgandan so‘ng, halol ekanini aniqlab savdoga kirsak, aytaylik bu aksiya keyinchalik bir necha oylardan keyin harom aksiyalar qatoriga kirib qolsa unda qanday yo‘l tutish kerak? Bunday xolatda savdoda tushgan pulni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida shar’iy yo‘llar bilan tekshirib aniqlansa keyin u harom bo‘lib qolmaydi. Yaxshilab tekshirib aniqlash kerak, shunda ham keyin aniq bo‘lsa, pulini qaytarib oladi, olgan daromadini savob umid qilmasdan miskin favqirlarga berib yuboradi.  Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar