Qaynonam namozidan xatolarni aytish

Assalomu alaykum! Qaynonamni tahorat va namoz o‘qiyotganida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yayotkanini ko‘rdim. O‘ziga ayta olmadim va telefoniga to‘g‘ri tahorat olish va namoz o‘qish kitoblarini o‘rnatib berdim. Ammo baribir namoz xarakatlarida xatoga yo‘l qo‘moqda. Men buni o‘ziga ayta olmayyabman. Bilib turib aymaganim uchun gunohga qolmayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aytishni eplolsangiz ayting, agar eplolmasangiz o‘zingizga dushman orttirmang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar