Teztop teleo‘yini qimor emasmi?

Assalomu alaykum! Bir o‘yinning qimor ekanligi yoki emasligi to‘g‘risida. Televizorda, "Yoshlar"kanalida "Teztop" degan o‘yin bor, unda ko‘rsatuv boshlovchisi turli oson savollar beradi (savollar juda oddiy), tomoshabinlar esa telefon qiladilar. Har bir chaqiruv tugmasini bosganlik uchun 3789 so‘m pul echib olinadi, bir necha ming odam bir paytda telefon qilsa, shulardan faqat bittasi ulanadi. Vaholanki hammadan pul echib olinadi. To‘g‘ri javob bergan kishiga har bir to‘g‘ri javobi uchun 50.000 so‘m mukofot beriladi. Bu o‘yin qimormi yoki qimor emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qimor. Hamma pul tikib yutuqni bir kishiga berish qimor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar