Savdoda tarjimonlik
Assalomu alaykum! Domula men chet o‘lkada ishlayman. Lekin bizning yurtdardan ko‘p tanishlarim mendan shu davlatdan mol chiqarib berishlarini so‘rashadi. «Men sizni o‘zim rozi qilaman» deydi va oxirida arzimagan pulni berib qo‘yadi. Bu insonlar o‘zlari yo‘l kira qilib bu erga kelsa va tarjimon olsa, butun xarajatlari bundan ortib ketadi. Meni xolatimda men o‘zim tarjimon o‘zim kecha kunduz telefonga tikilib sotarmon bilan gaplashib va oxirida xizmatizga yarasha xaq olmasez to‘g‘ri kelmas ekan. Savol: men o‘sha olayotgan moliga ustiga o‘zimni haqqimni qo‘ysam va xaridordan bergan ozgina xaqqini olmasam bo‘laveradimi? Agar bo‘lmasa nima maslaxat bergan bo‘lardiz menga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ochiq-oydin xizmat haqingizni belgilab oling. Hisobli do‘st ayrilmas deb bekorga aytilmagan. Ustiga qo‘yib sotadigan bo‘lsangiz avval o‘zingiz sotib olib, keyin boshqaga sotishingiz kerak. Unda molga talofat etsa sizni zararingizga bo‘ladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom