Vanga tangasi

Assalomu alaykum! Internet orqali bashoratchi Vangani amulet tangalari haqida o‘qib qoldim. Tanga odamlarga omad olib kelarkan. Uni o‘zi bilan olib yurish kerak ekan. Savolim dinda bu haqda nima deyilgan? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min odam bunchalik axmoq bo‘lmasligi kerak. Berish yoki bermaslik Alloh taoloning qo‘lidagi ish. Allohni qo‘yib tangadan umid qilishni, bu Alloh taoloni qo‘yib o‘rniga o‘ziga but yasab, undan tilanish bilan nima farqi bor? Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar