Turli dinlar
Assalomu alaykum! Menda 2 ta savol bor edi. 1-Men yaqinda ustozim bilan bir masalada tortishib qoldim. Ularning aytishlaricha xar bir din vakili o‘lgandan so‘ng savol-javob paytida o‘z dini qonun qoidalaricha savol-javob qilinar ekan. Axir Allohning dini yagonaku!2-Masjiddagi domlaning maruzalarida eshitib qoldim. Bilamizki xozirgi kunda Afrika yoki Janubiy Amerikaning ko‘plab xududlarida ibtidoiy odamlar, yani xech qanday rivojlanish etib bormagan xalqlar yashaydi. Tabiyki ularga xech qanday din xam etib bormagan va ular din e’tiqod nima ekanligini bilishmaydi. Mana shunday odamlar o‘lgandan so‘ng savol javob vaqtida “Sen mana shu mevalar yoki jonzotlar kimdir tomonidan yaratilganiga iymon keltirasanmi" deb so‘ralar ekan va ular xa deb javob berishsa jannatga kirar ekanlar. Bu gap qanchalik to‘g‘ri. Javoblaringiz uchun oldindan Raxmat. Ollox sizlarni ishingizni barakotli kilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Odam alayhissalomdan beri din bitta, Islom dinidir. Qachon uni o‘zgartirilgach, yangi payg‘ambar va yangi kitoblar orqali uni yangi nozil qilingan. O‘zgarib buzilgan dinlar buzganlar nomida qolavergan. Ustozingiz din haqida dalilsiz gap aytibdi.
2. Hadisda tun va kun etib boradigan hamma joyga din etib borish aytilagan. Mabodo etib bormasa, Alloh taolo ularni azoblamasligini aytgan. Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi: مَّنِ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدي لِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولاً 15. Kim hidoyatga yursa, o‘zi uchungina hidoyatga yuradir. Kim zalolatga ketsa, o‘zi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir yukli jon o‘zganing yukini ko‘tarmas. Toki rasul yubormagunimizcha, azoblovchi bo‘lgan emasmiz.
Alloh taolo umumiy qoida shunday bo‘lishini iroda etgan. Har kim o‘zi uchun javob beradi. Yaxshilik qilsa, hidoyat yo‘liga yursa, o‘zi uchun qilgan bo‘ladi. Boshqa uchun emas.
«Kim hidoyatga yursa, o‘zi uchungina hidoyatga yuradir».
Uning hidoyatga yurishi boshqaga foyda keltirmaydi. Inchunin, Allohga ham uning hidoyatga yurishidan biror manfaat yo‘q.
«Kim zalolatga ketsa, o‘zi uchungina zalolatga ketadir».
Ziyoni o‘ziga qaytadi. Alloh taologa hech qanday ziyon etmaydi. Shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amrlarini tutgan da’vatchilarga ham zarar etmaydi. Zarar faqat zalolatga ketgan shaxsning o‘zigagina etadi.
«Hech bir yukli jon o‘zganing yukini ko‘tarmas».
Hamma o‘z og‘irligini o‘zi ko‘taradi. Har kim nima qilsa, o‘zi javob beradi. Shu bilan birga,
«Toki rasul yubormagunimizcha, azoblovchi bo‘lgan emasmiz».
Insonga aql, farosat berganimizdan keyin, dunyodagi qudratimizga, Xoliq, Mudabbir va Roziq ekanimizga dalolat etuvchi mo‘’jizalarga qarab to‘g‘ri yo‘lni tanlab, Bizga iymon keltirib, ibodat etishini farz qilib, bajarilmasa, jazolashni joriy qilsak, haqqimiz bor edi. Ammo bunday qilmadik. Bandalarimizga rahm qildik. Mazkur narsalar ustiga, yana ogohlantiruvchi, eslatuvchi payg‘ambar yuborishni ham iroda etdik. Payg‘ambar ogohlantirganidan keyin ham iymon va Islom yo‘lini tanlamaganlarni azoblashga ahd etdik. Payg‘ambar va uning da’vati etmaganlarni esa azoblamaslikka qaror qildik. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar