Dindan chiqaradigan ish qilganmanmi?
Assalomu alaykum! Bundan ancha yillar oldin (balog‘atga etgan etmaganligim esimda emas) xristianlarning qo‘lini ko‘tarib peshona, chap elka, o‘ng elkaga olib boradigan harakatlarini qilib qo‘ygan ekanman. Ammo buni hech qanday ibodat niyatida emas yosh bolaligim sabab televizorda ko‘rganimga taqlid sifatida qilganman(buning nima ekanligini bilmaganman ham). Chunki o‘sha vaqti hech nimadan xabarim yo‘q edi, lekin undan oldin ham keyin ham Alhamdulillah o‘zimni musulmon deb bilaman. Undan beri juda ko‘plab marta kalima keltirganman. Va hozir Alhamdulillah namozxonman. Agarda o‘sha vaqti balog‘atga etgan bo‘lsam bu ishning hukmi qanday bo‘lgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmasdan qilinganning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmasdan qilinganning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda