Sehr jodudan ximoyalanish

Assalomu alaykum! Menga odamga nisbatan qilinadigan sehr-joduga qarshi qanday qilib ximoyalanishi mumkinligi haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taoloning ibodatlarida mustahkam turish va har kuni bamdod va shomdan keyin 100 marta لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ni o‘qishni vazifa qilib oling. Duoning ma’nosi: «Allohdan o‘zga ibodatga sazovor Zot yo‘q. Uning O‘zi yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Mulk Unikidir. Hamd Unikidir. U har bir narsaga qodirdir. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda o‘qigan duolarini ham o‘qib yuring. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar