Bir rakatlik Vitr namozi

Assalomu Aleykum, Muborak Ramazon Karim. Savolim shundaki: Sakkiz rakat Taroveh namozi o‘qilmoqda, kein so‘ngida qo‘shib bir rakat o‘qildi va duo qilindi. Tugagach, men alohida o‘zim 3 rakat Vitr namozimni o‘qib oldim. Shunda menga bir birodarimiz, biz Taroveh so‘ngida o‘qigan namoz bu Sunnati Mukarrama edi dedilar. Yani bu Hanafiy mazhabida Vitr deyiladi dedilar. Bir rakatlik faqat Ramazon oyida mumkin deya takidladilar. Men nima qilsam bo‘ladi. Jamoa bilan o‘qiganimdan kein, alohida o‘zim o‘qivaraymi Vitr namozimni? Ustoz, Alloh rozi bo‘lsin sizdan. Savolim so‘ngida bir so‘z etmoqchi edim. Ustoz, siz men un judaham aziz insonsiz. Sizga ko‘p savol yo‘llayman, iltimos mendan ranjimang. Hech ham sizdan Duo so‘rab yozmagan edim, iltimos meniham duo qiling. 23 yillik johiliyatdan so‘ng, Alloh hidoyatga boshladi. 23 yil Namoz o‘qimadim, Ro‘za tutmadim, Qaytariqlardan qaytmadim. Meni duo qiling, zalolatga ketmayin. Duo qiling Ustoz, menham saodatga erishayin. Duo qiling iltimos, menga Alloh taolo Qori va soliha farzandlar ato etsin va ular ham sizni Ustoz deya sizni yo‘lizdan borishsin. Ko‘p gapirdim, mendayin ilmsizni kechiring. Assalomu Aleykum va rahmatullohi va Barakotuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ular vitrni avval ikki rakat, keyin bir rakat qilib o‘qishadi. Hammasi uch rakat bo‘ladi. Siz tarovehni birga o‘qib. Vitrni o‘z mazhabimizda uch rakat o‘qing. Alloh taolo sizni hidoyatda sobitqadam qilsin!

26 May 2022, 22:21 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar