Ukolda tahorat buzilishi

Assalomu alaykum! Ukol olayotgan bemorning tahorati buziladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ukol ikki qismga bo‘linadi. Mushaklar orasiga olinadigan ukol. Odatda undan qon chiqmaydi. Shuning uchun tahorat sinmaydi, mabodo qon oqib chiqsa tahorat sinadi. Ikkinchisi tomirga olinadigan ukol, odatda tomirga tushgan yoki tushmaganligini bilish uchun shpritsga qon tortiladi. Shu zahotiyoq tahorat sinadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 163 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar