Qur’oni Kariym

Assalumu Alaykum muhtaram Shayx xazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lib, dinimiz yo‘lida qilayotgan ishlaringizga rivoj bersin!Savol:Institutda dinshunoslik fanini o‘rganayotganimzda, bir dars Qur’oni Kariymning nozil bo‘lishi haqida bo‘lgandi. Payg‘ambarimiz (S.A.V) ga Qur’on oyatlari vahiy bo‘lib nozil bo‘layotganda atroflaridagi sahobiylar bu oyatlarni yozib borishgan. Keyinchalik bular jamlanib, Qur’on kitob shakliga keltirilgan.Bir sahoba keyinchalik iymonidan qaytganmi yoki shayton vasvasa qilganmi (vallohu alam), "Men Muhammadga nozil bo‘lgan oyatlarni o‘zgartirib yozganman" deb da’vo qilgan ekan. Albatta Allohning o‘zi va’da qilgan. "Qiyomatga qadar Qur’oni o‘zim asrayman" deb. Oddiy odamlar u yoqda tursin hatto Payg‘ambarimiz ham o‘zlaridan bitta nuqta ham qo‘shmaganlar va olib tashlamaganlar. Albatta Qur’on o‘zgartirilmagan va bundan deyishdan Allohning o‘zi asrasin. Savol shundan iboratki, sahobiylardan kimdir shunday da’vo bilan chiqqanmi? Shunday bo‘lsa kim? To‘liqroq ma’lumot bera olasizmi?Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap noto‘g‘ri. Shunga o‘xshash gaplarni aytadiganlardan, bu gapni qaerdan, kimdan, qachon olganini aniq aytishni ko‘rsatishni talab qilish kerak.

5 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 150 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar