O‘g‘lidan vos kechgan otani haqqi
Assalomu alaykum! Men turmush qurib, 1yildan so‘ng, oilaviy nizolar va farzandsizlik sabab ajrashganman, yuk ko‘tarib kelinlik uyimdan chiqib ketganimdan 3kun o‘tgach bildim, 1oylik xomilador ekanimni. Lekin, na otasi va na ota tarafdan biror qarindoshi habar olmagan, aksincha, bolani oldirib tashlashimni talab qilishgan. Bola tug‘ilganidan keyin ham habar olmadi otasi, va otalik huquqidan notarial vos kechib berdi. Alhamdulillah, men o‘zimga to‘qman, topganim bemalol bolam ikkimizga etadi, aliment ham olmaganman otasidan. Savolim shuki, bolamda uning biologik otasining haqqi qanday va kelajakda uning oldidagi o‘g‘illik vazifalarini ado etishi shartmi yoki yana turmush qilsam, o‘sha inson otalik qilsa, uning haqqini ado etishi bilan kifoyalansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan otasini ham tarbiya qilgan kishini ham ehtirom qilish kerak. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush