Ayollar nega juma namozi o‘qishmaydi

Assalomu alaykum! Juma namozini nimaga faqat erkaklar masjidga borib o‘qishadi, lekin bu imkoniyat muslimalarga berilmagan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muslimalarni ham vaqt bo‘lsa, boraversinlar. Sahobalarning davrlarida ayollar ham borganlar. Ammo ularni zimmasiga juma o‘qish vojib emas. Vojib bo‘lganida ummat ayollarini yarmidan ko‘pi sharoiti sabab jumaga borolmaganlari uchun gunohkor bo‘lishar edi. Bu ham Allohning rahmati. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar