Nazr haqida

Assalomu alaykum! 1. Men bir necha yil oldin. Tikish bichish qilib pul topar edim. Asta sekin ibodatlarga qiziqib har kuni malum miqdorda pul tashlasam. Qurbonlik qilsam bular ekan deb pul yiqqanman va buni uddasidan chiqolmay ishlatib yuborganman. Hozirgi holimda bunga pulim yo‘q. Buni kafforati qanday bo‘ladi? 2). O‘sha yillari mazam bo‘lmagani uchun palon joyda bir tabib bor ekan. U folbin emas ekan deb meni rasmimni olib borishgan. Tabib bu ayol onasini uyida qurbonlik qilsin degan. Men esa uni aytganini hohlamay o‘zimcha pulim bo‘lsa mayli o‘zimga aqiqa atab onamni uylarida qurbonlik qilaman deganman. Undan so‘ng qo‘limga pul tushgan edi. Lekin bu niyatim noto‘g‘ri bo‘lsa kerak deb beetibor qoldirganman. Men endi qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Sizga kafforat vojib emas. 2). Biror tabib rasmga qarab ham davolashi mumkinmi? Istig‘for aytasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar