Saharlikda va kasalik
Assalomu alaykum! Ustozlar! Saxarlik vaktida uxlab qolib 20 daqiqa o‘tgach uyg‘ondim. Bir piyola suv ichib niyat kilib tutaverdim Shu tutgan ro‘zam qabul bo‘ladimi yoki qazosini ado etamanmi? Agar shunday bo‘lsa necha kun ado etaman ? 2) Ramazonni birinchi kunidan kasal bo‘lib qoldim va deyarli 4 kun ro‘za tutmadim. Buni ham qazosini necha kun ado etaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida saharlik vaqtini tugashiga etkazmasdan yopish kerak. Biror daqiqa o‘tgandan keyin ham eb-ichilsa, o‘sha kungi ro‘zani qazosini tutishi farz bo‘ladi. Niyatga kelsak, kechqurun «ertaga ro‘za tutaman» degan niyati kifoya qiladi. Buni ham niyat qilmagan bo‘lsa kunning yarmigacha, ya’ni peshin vaqti kirgunicha ro‘zani niyat qilib olsa, niyati durust bo‘ladi. Bir necha bor ta’kidlab o‘tganimizdek, saharlik vaqtini chiqarib yuborgan kishi biror narsa eb-ichmasdan niyatni qilishi shart. «Bir xo‘plam suv ichib bo‘lsada» degan gap noto‘g‘ri. Siz qazosini tutib berasiz. 2). Kasallik bo‘lib tutmasdan qoldirilgan ro‘zalarni ramazon oyidan keyin bir kuniga bir kundan tutib berish farz. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar