Har bir gunohga alohida tavbami

Assalomu alaykum! Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladi. "... Musa alayhisalom aytdilar: "Menga xabarini aytchi, Odam farzandini qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan"?. Iblis: "Nafsiga mag‘rurlansa, amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman" deb javob berdi. 1. Nafsiga mag‘rurlanish nima u? Kinrdan farqi bormi? 2. Inson har bir qilgan gunohi uchun alohida-alohida tavba qilishi kerakmi? O‘zini gunohkor sanab barcha gunohlarini kechirishini so‘rab tavba qilsa ham bo‘ladimi? Agar qilgan gunohlarini unutgan bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kibr deb haqni tan olmaslik hamda o‘zidan o‘zgalarni past ko‘rishdan iborat. Nafsiga mag‘rurlanish esa o‘zini o‘zi “Men ham chakana odammasman” deb bilish. O‘zidan ujublanishdan iborat. Har biriga alohida tavba qilishi kerak. Umumiy tavba qilish ham kifoya qiladi. Qazo namozini o‘qiganlar orqasida vaqtida o‘qimaganlari uchun tavba ham qilib qo‘yishlari kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar