Boshqa dindagilar bilan muxokaza

Assalomu alaykum, Ustoz.Kim necha marta meni oldimga "Svideteli Egovi" (Xristianlarni bir oqimi) vakillari kelib menga kup nimalar urgatmoqchi bulishdi. Men ularga quloq solmasamda menga kitoblarini berib ketishdi va cherkoviga taklif qilishdi muxokaza qilish uchun. Yana kelamiz, siz bilan gaplashish juda qiziqarli xam deyishdi. Ular manga Xudoni nomi Egova va bu Bibliyada bor va bu yagona nom desalar, man ularga Islomda 99 Alloxni nomi va 99 nom 1 ta nomdan kura mazmuni kuproq deb aytdim. Yana ulardan suradim, nega Iso a.s.ni ular Xudoni bolasi va bu qaerdan kelgan dedim, ular Bibliyada bor deganlarida, iltimos, manga shu joyini kursating dedim. Ular yaqin kunda Bibliya bilan kelamiz va isbot qilamiz dedilar. Xar safar kelganlariga uzlarini diniy kitoblarini berib ketishadi.Man xozir Evropada, ularni targibi juda keng bu erda, ular bilan gaplashishni xoxlamasam xam kelishuviradi xech nima bulmagandek. Ustoz, savolim shunda, ular bilan shunga uxshash masalalarni muxokama va muloqat qilganim durustmi? Ular berib ketkan kitoblarini uqish gunoxmi (uzim uchin bir goyani oldin qilib olgan man, boshqa din kitoblarini uqish uchun, oldin Quronni murakkab uqigin va bilgin, uziyni kitobiyni yaxshi va murakkab bilmay turib qanday qilib boshqa din kitobini uqiysan)? Bu kitoblarni axlatga tashlasam (eqib yuborish imkoniyati yuq) gunohkor bulamanmi (unda Iso a.s. suratlari bor)?Oldindan javoblariz uchun raxmat Ustoz. Umriz uzoq bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
‎- Ular bilan gaplashmang. Kitoblarini o‘qimang va ‎tashlab yuboring.‎

5 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 137 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar