Sotiladigan erdan zakot

Assalamu alaykum! Ukam uchun er sotib olgan edik. U erga hozirgi kunda imorat qurishni imkonimiz yo‘q. Shu sababli sotib, dom olmoqchi edik. Erni sotishga qo‘ydik. Qo‘ygan vaqtimiz zakot beradigan vaqtimizga to‘g‘ri kelib qoldi. Endi o‘sha erni 12 oyga bo‘lib berishga sotdik. Undan qanday zakot berish kerak?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir qo‘lingizga tekkanini qirqdan birini berasiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar