Ahli ilm haqida
Assalomu alaykum! Hozir o‘zim Rossiya davlatidaman, Jahongir qori Ne’matov va Hasanxon qori Yahyo Abdulmajidovning onlayn tajvid darsini o‘rganayapman, u darslikda berilgan ma’lumotlarni yozma ravishda o‘zim yozib borayapman, u kishining darsligini tugatganimdan keyin "Qur’on o‘qitish va yodlash usullari" kitobidan tajvidga doir ma’lumotlarni olib bitta mavzuni eng kamida 3 ta yoki 4 ta manbadan olib mukammal qilib tayyorlab bir birodarimga Alloh roziligi uchun ilm to‘plab bersam bo‘ladimi bu taklifni birodarimning o‘zi aytdi shu tutgan yo‘lim to‘g‘rimi, agar shunday qilsam, sadaqai joriya hukmida o‘tadimi, keyinchalik inshaAlloh boshqa ilmlarni ham ishonchli manbalardan yig‘ib mavzularni boytib yozma ilm tarqatishda harakat qilaman agar noto‘g‘ri bo‘lsa sizdan iltimos qilib qolaman menga yozma ilm tarqatishda o‘zingizning maslahatingizni bersangiz. Men foydalanmoqchi bo‘lgan manbalar shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari, internet sahifalaridan. Keyin yana Qirg‘izistonlik Abdulloh domlaning ro‘xsatlari bilan ilm nuri sahifasidagi darsliklardan foydalanmoqchiman. InshaAlloh kelajakda kitoblar yozish niyatlarim bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bemalol. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 155 | Kitoblar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bemalol. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 155 | Kitoblar