Qarzni so‘rab olish

Assalomu alaykum! Biz oldinroq (2-3 yil bo‘lib qoldi) bir odamni uyiga ishladik u ish haqqimizdan ikki yarim million so‘m kam berdi erta beraman indin beraman deb faqat paysalga solib yuraverdi keyin telefonini ham olmay qo‘ydi 3-4 marta uyiga bordik bir gal mast edi pulni qolganini so‘rasam uyimdan taxta yog‘ochlarim yo‘qolgan san o‘girlagansan to‘laysan deb tuxmat qildi keyingi borganimizda o‘zini yo‘q deb o‘g‘li yoki ayoli chiqardi ularga aytdik qarzi borligini uyalgandan o‘g‘li bir kun telefon qilib bir million so‘m pul keltirib berdi (15-16 yoshlarda edi o‘g‘li) u odamga ishlagan boshqa ustalar ham pulini olomaganini eshitdim bunaqa pastkash odamdan pulim so‘rab ovora bo‘lguncha o‘sha puldan vos kechdim savol1: mani bu qarz oldida majburiyatim qolmadimi? 2. Pulni olsak 3kishi ishlagandik 500ming so‘mdan bo‘lib olardik ular ham ololmaganimdan xabardor ularni oldida mani majburiyatim bormi yani ulardan qarzdor emasmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz boshqa ustalar bilan sherikchilik asosida ishlagan bo‘lsangiz uy egasi bermayotgan pulni o‘z cho‘ntagingizdan sheriklaringizga to‘lab berishingiz shart emas. Uning o‘g‘li bergan pulni kelishuvda belgilangan nisbatlarda taqsimlab olasizlar. Agar ishni bajarishni to‘liq o‘z zimmangizga olib, boshqa ustalarni siz o‘zingiz yollab, ularga ish haqi berishga kelishgan bo‘lsangiz uy egasi qarzdan tonsa ham siz o‘z yoningizdan boshqa ustalarga haqlarini to‘lab berishingiz shart. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 13:02 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar