Etimlarning nafaqa puli
Assalomu alaykum. Meni 4 ta nevaram bor. O‘g‘lim olamdan o‘tgan. Kattasi 20yosh, lekin institut talabasi. Xali pul topmaydi. Chunki o‘qishi kunduzgi. Qolganlari maktab o‘quvchilari. Kelinim ishlaydi, boquvchisini yo‘qotganligi uchun nabiralarimga davlat nafaqa to‘laydi. Savolim shu nafaqadan xam ro‘zg‘orga xam bolalarga va uy to‘lovlariga ishlataman. Kelinimni topgani etmaydi. Savolim: to‘g‘ri qilyapmanmi? Chunki xar birini pulini faqat o‘ziga ishlatish kerak deb eshitdim. Keladigan boshqa daromadimiz yo‘q. Agar faqat o‘ziga ishlatsam to‘lov, ro‘zg‘orga nima qilaman? Nafaqa 3tasiga beriladi. Kattasi 18 yoshga to‘lgandan keyin unga berilmaydi. Lekin u talaba. Kontrakt asosida o‘qiydi. Stipendiya olmaydi, demak 3tasini puli to‘rtaloviga ya’ni ro‘zg‘orga xam ketadi. Meni pensiyam dori darmonlarimga xam ba’zan etmay qoladi. Lekin imkon qadar ro‘zg‘orni qilishga xarakat qilaman. Yordam beradigan boshqa farzandim yo‘q. Etimlarni xaqqidan qo‘rqaman. Noto‘g‘ri sarflamayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Balog‘at yoshiga etmaganlarnikini ajratinglar. Shariatimizda balog‘at yoshi o‘g‘il bolalar tushida bulg‘anishi qizlar esa hayz ko‘rishidan boshlanadi. Balog‘atga etganlarni roziligi e’tiborga olinadi. Etmaganlarning “Haqqimizga rozimiz” degan roziligi e’tiborga olinmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat