Namozni qasr qilish haqida
Assalomu alaykum! Biz ancha yildan beri chet elda istiqomat qilamiz. Baholi qudrat xar yili yozda O‘zbekistonga ta’tilga borishga harakat qilib kelayapmiz. Bu yil ham yoz faslida 2 haftaga borib kelmoqchimiz. Bu yil Toshkentdan uy sotib oldik va o‘sha uyga boramiz. Bir hafta Toshkentda va bir hafta viloyatda (ota-onamizning uyida) turmoqchimiz. Savol: yo’lda namozlar qasr qilinishini bilamiz, lekin Toshkent va viloyatda turganimizda qaysi birida namozlarimizni qasr qilib o‘qiymiz? Shu paytgacha Toshkentda uyimiz bo‘lmagani va safarimiz 2 haftadan ko‘proq bo‘lgani uchun bu kabi savol bizda paydo bo‘lmagandi. Biz Toshkentda qasr va viloyatda to‘liq qilib namoz o‘qib kelganmiz. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehtiyoti ikki joyda ham to‘liq qilib o‘qing. 4 va 2 rak’atli namozlarni 2-rak’atida albatta tashahhudga o‘tiring. Agar turib ketsangiz qaytib o‘tiring. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 157 | Namoz