Do‘zax olovi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir hadis o‘qidim. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan: do‘zaxiylarga bir olov yoqiladi u ming yil yonadi uning rangi sariq bo‘ladi yana ming yil yonadi rangi oqaradi yana ming yil yonadi rangi qorayadi. Meni o‘ylantirgan narsa bu xozirda kashf qilingan yulduzlarga o‘xshar ekan. Masalan Qizil yulduz 3-5ming, Sariq va oq 5-9ming, ko‘k 10-24ming gradusgacha issiq bo‘ladi (taxminan) va eng asosiysi Qora tuynuk u ham yulduz Quronda ko‘rinmas yulduz deya tarif berilgan va uning harorati noma’lum! Xatolik bo‘lsa iltimos kechiring va to‘g‘rlasangiz. Fikri ojizimcha bu Al Xoliq ismli Zotning mo‘jizasi deb bildim. Shu do‘zaxning azobining isboti va dalilimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizga oyat va hadislarda do‘zax hozir yaratilganligi va insonlar qiyomat kuni bo‘lganda ushbu jasadlari bilan ba’zilari jannatga va ba’zilari do‘zaxga kirishlarini o‘qib bildik. Bizga shu kifoya. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar