Istig‘for va Salovot

Assalomu alaykum! 1). Istig‘for ko‘p joylarda aytilganda ko‘pincha 3 hil shaklda keladi : 1. Astag‘firulloh 2. Astag‘firullohal ’aziym va atuubu ilayh. 3. Astag‘firullohal ’ziym, allaziy laa ilaha illa huval hayyul qoyyumu va atuubu ilayh. Belgilangan vaqt ichida aytilsa, tabiyki son bo‘yicha farq bo‘ladi. Savolim: shu 3 hil shaklidan qaysi birini aytib yurish biz uchun foydaliroq? Istig‘forning qisqarog‘ini ko‘p aytgan yahshimi yo‘ki uzunrog‘ini kamroq aytgan yahshimi? (Masalan: yarim soat ichida tahminan, Astag‘firulloh - 2000 marta aytilsa, Astag‘firullohal ’aziym, allaziy laa ilaha illa huval hayyul qoyyumu va atuubu ilayh - 400 marta aytiladi.(savol. yo‘ki shu vaqt ichida Sayyidul Istig‘fordan 20 marta aytgan yahshimi?) 2). Salovat haqidagi savolim ham shunday. Salovotlar ham juda ko‘p (ba’zilari qisqa, bazilari uzun). Bunda ham qisqarog‘ini ko‘p aytgan yahshimi yo‘ki uzun Salovotni kamroq aytgan yahshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hammasidan aytib turing. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar