Nuqsonli narsani masjidga berish

Assalomu alaykum! Parfyumeriya do‘kon ochaman, qo‘ldan kelgancha shariat chegarasida turaman. Yaqinda bir tovar sotgandim, uni ozgina nuqsoni bor edi. Ko‘rib nuqson deyishga ham arzimadi, lekin baribir nuqson. Shuni pulini masjidga ehson qilib yuborsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjidga bermang, faqir miskinga bering. Odamlarning hammasi “Harom, erdan topib olgan, shubhali, o‘g‘irlangan, keraksiz narsalarni masjidga bersam bo‘ladimi” deyishadi. Masjid shunchalar past narsalarga muhtoj joymi? Axir u eng pokiza mol sarflanadigan va eng pokiza tutish kerak bo‘lgan joy emasimi? Qachon bu fikr o‘nglanadi? Vallohu a’lam!

5 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar