Juda qo‘rqyapman

Assalomu alaykum!. Yoshim 20da. Ba’zida ibodatni ixlos bilan o‘qiy olmagan paytlarimiz bo‘ladi. Men juda ko‘p shu xolatga tushaman. Hattoki xayolim shirkgacha boradi va ibodatdan keyn ibodatim qabul bo‘lmagandir ixlos bilan o‘qiy olmadim deb shubxa paydo bo‘ladi. Lekin to‘g‘ri qabul bo‘lgan bo‘lmaganini Alloh taolo biladi. Lekin oilaviy muammolar orqali juda ko‘p kayfiyatim tushib yuradi. Xayolimga shirk va zinolar kelaveradi, shunda o‘zimni kofir yoki munofiq bo‘lib qoldimmi deb qo‘rqaman. Islom universitetiga topshirmoqchi edim, otam ko‘p qarshilik qilyapdilar. Shu qarshilikdan keyn umuman ixlos degan narsa qolmadi menda. Juda ko‘p siqilaman. Iltimos maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu fiklarni kelishi o‘sha ibodatni xolis qilinayotganlikning alomati bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar