Ateist inson Islomga kirishi

Assalomu alaykum! Allohga shukrlar bulsin namozni dilimga solib 5 vaqt namozni o‘qishni boshladim va o‘zimda yaxshi tomonga o‘zgarish seza boshladim. Men xozirda Tataristonning Qozon shaxridaman. O‘tgan yili shu erda yashovchi ateist odam bilan tanishib qolgandim. Ancha muncha bir birimizga yordam qilib turamiz. Oddiy sodda odam, ikki kun oldin oldimga kirib gaplashib o‘tirib Islom dinidan gap boshlab qoldi va Islomni qabul qilmoqchi ekanini, hayotini o‘zgartirmoqchi ekanini aytib qoldi va kutilmaganda Islom dinini qabul qilish uchun nima qilishini so‘rab qoldi. Nima deyishimni bilmay shoshilib qoldim. Bu erda masjidlar ko‘p, shuning uchun o‘ylanib turib ertasiga masjidga oborishimni aytib uyiga kuzatib qo‘ydim. Xayajon bosib ertalabgacha uxlay olmadim. Ertasiga menga telefon qilib birga borasanmi deb so‘rab qoldi. Qo‘rquv xayajon bosayotganini aytdi. Men esa yaxshilab yuvinib kiyinishini aytdim. Masjidga borib masjid imomini oldiga avval o‘zim kirib imomga bor gapni aytidim. U esa chaqirishimni aytdi. Masjidni podvalida oshxonasi bor ekan o‘sha erga tushdik, keyin imom Ruslanga (ateistni ismi) Islom dini xaqida ancha tushuncha berdi va tayyor bo‘lsang ortimdan qaytar deb kalimai shaxodatni aytdi. U esa orqasidan qaytardi va imom sen bugundan musulmonsan deb yana ko‘p tushunchalar berdi. Namoz o‘rganishi uchun kitob xam berdi. Uyga kelib g‘usl qildi va men imomlik o‘tdim asr namozini o‘qidik. Xozirda bilganimcha o‘rgatib turibman. Meni o‘ylantirgan narsa u namoz kitob boshqa mazxab bo‘yicha yozilgan ekan. Masalan asr namozida bizning xanafiy mazxabda 4 rakat farzdan iborat. U kitobda 4 rakat sunnat va 4 rakat farz dep yozilibdi. Xufton namozi xam vitr bilan qo‘shilib 13 rakat yozilgan. Shunga sal ikkilanib qoldim men xanafiy mazxabi bo‘yicha tushuncha bersam kitobda boshqacha yozilgan deb tursa nima qilishni bilmay qoldim. Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh muborak qilsin, ikkilanmay o‘rgatavering. U kitobda yozilganlari ham to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 186 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar