Foydadan ulush

Assalomu alaykum! 1. Ikki inson sherikchilik asosida ish boshlagan. Foyda ikki inson o‘rtasida teng taqsimlanib kelayotgan edi. Sheriklardan bittasi shu ishxonada ishlab oylik oladi. Yaqinda bir ma’lumot olishibdi, sheriklik ishda sheriklar oylik olishi mumkin emas ekan. Sheriklardan bittasi shu korxona ravnaqi uchun elib-yugurib oylik maoshiga yarasha mehnat qiladi, foyda olinayotganda 50/50 tamoyili asosida foydadan ulush oladi. Birinchi sherikning peshona terisiga topayotgan oyligi foiz yoki riboga aylanib qoladimi? Bu holda oylikka ishlayotgan sherik qanday yo‘l tutishi kerak? 2. Amakimning kizlari bor, rak kasaliga chalingan. Bitta o‘g‘illari bor, uylari yo‘q. Uy qurib o‘g‘illarini uylantirmoqchilar. Zakotimni shu amakimni qiziga bersam bo‘ladimi? Zakotligini aytmasdan bersam ham bo‘ladimi? 3. 2018 yilning may oyigacha 3500$ pul yiqqan ekanman. Bugungi kunda 3500*8500=29750000so‘m bo‘lmoqda. Shu puldan 787500 so‘m zakot puli hisobladim. Shu hisobim to‘g‘rimi? Zakot haqida ko‘proq tushunchani qaysi manbaalardan topsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Kelishuvda foydani o‘sha xizmat qilayotganga foydadan ko‘proq taqsimlanib kelishi olinadi. Masalan 50/50 emas, 60/40 va hokazo. Agar mablag‘lar teng bo‘lsayu, 50/50 qilib olishga kelishilgan bo‘lsa, muzoraba bo‘lmasa, ish yurituvchi sifatida agar boshqasida ko‘p miqdorda ish qiladigan bo‘lsa, oylik olishni gaplashib olishi mumkin. Bu masalani jonli majlisda aniqlab olinglar. 2). Uy qurish uchun yig‘ib qo‘ygan puli bo‘lib, u nisobga etgan bo‘lsa berishingiz joiz emas. Shuning uchun aytib berganingiz yaxshi. Agar faqir-miskin darajasida bo‘lsa berishingiz mumkin. 3). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/mavzu/47/1

5 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar