Shadhiliy Tariqati haqida

Muhtaram Ustoz, Shadhiliy tariqati haqida bilmoqchi edim. Bu qanday tariqat? Uning asoschisi - Abul Hasal Ash-Shadhiliy kim bo‘lgan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shoziliya tariyqati. Bu tariyqat Abul Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgandir. U kishi 593 hijriy sanada tug‘ilib, 656 hijriy sanada vafot topganlar. Abul Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhi olim, obid, zohid va mashhur so‘fiylardan bo‘lganlar. U kishi Tunis, Misr, Iroq va Makka tomonlarga ko‘plab safarlar qilganlar. Qohiraning komiliya nomli madrasasida qozi Iyozning Shifo kitobini, Risolai Qushayriyani, al-Muhharar al Vajiyzni talabalarga o‘qitganlar. U kishi uzlatni va mahrumlik hayotini o‘zlariga ep ko‘rmaganlar. Odamlarga aralashib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo‘lib yashaganlar.

5 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 150 | Adabiyot
|
Boshqa savol-javoblar