Bilmaslikni bilmaslikdan farqi
Assalomu alaykum! Ba’zi bir insonlar bilan gaplashsangiz aytishadiki insonni ko‘p ilmi bo‘lib amal qilmagandan o‘z ilmi bo‘lib amal qilgani yaxshi. Yoki yana aytishadiki bilmagan insonga gunoh yo‘q deb va harakat qilishmaydiki dinni mukammal o‘rganishga va bilmasam javobgar bo‘lmayman deyishadi. 1-holatda oz ilmiga ham amal qilish uchun ham ilm kerakku? 2-holatda bilmasam gunohkor bo‘lmayman deyayotganlar hozir hamma sharoit bor kitob deysizmi internet va hakozo. Aytingchi ularni bu fikri qanchalik to‘g‘ri? Axir ilm o‘rganib namozini, taxoratini, ibodatini mukammal qilgani yaxshi emasmi? Axir 3-4 so‘m topaman deb qilayotgan kasb korida 7-8 so‘m topasan mana bu narsani o‘rgansang desa o‘rganishadiku. Nega endi dinda mukammallikka intilmaslik kerak? Juda ko‘p insonlarni ko‘rasiz o‘z ishini ustasidir, lekin diniy ilmi ancha past. Hatto namozdagi rakatda adashib ketsa qanday sajdai sahv qilish kerakligini bilishmaydi. Shu mulohazalarim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularning bu gaplari shaytonning makridan boshqa narsa emas. Bir shoir
Chang to‘zon tinganda bilasan beshak,
Sen mingan narsa otmidir yo eshak – degan ekan. Ungacha inson o‘zini-o‘zi aldab yuraveradi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar