Namozdagi qo‘shimch tasbehlar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Sizlarga yo‘llangan bir savolda rukudan qaytganda «robbana va lakal hamdu hamdan kasiron toyyiban muborakan fiyh» haqida yana bir savolda ikki sajda o‘rtasida «robbig‘firli varhamni» haqida so‘ralgan. Sizlarni javoblaringizni o‘qib men ham bunga amal qilib boshladim lekin Ustozimiz Shayh Muhammad Sodiq hazratlarini “Kifoya” kitobini namoz bobini o‘qib chiqqanimdan keyin ikkilanib qoldim u kitobda rukudan qaytganda faqat «robbana va lakal hamd» aytilgan va ikki sajda o‘rtasida sunnat bo‘lgan duo yo‘q deb yozilgan ekan. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim bu ruku va sajdadagi duolar biron bir hadisda keltirilganmi? Agar keltirilgan bo‘lsa o‘sha hadisni yoki linkini ko‘rsatsalaringiz. Javobilar uchun oldindan rahmat Alloh haq subhanahu va taalo ilmlarimizni ziyoda qilsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobi “Muxtasar ul-Viqoya” kitobiga sharh bo‘lib, “Muxtasar ul-Viqoya” o‘z nomi bilan “Viqoyaning qisqartirilgani” deyilib,  “hech bo‘lmasa shunga amal qilish kerak” darajasidagi kitobdir. عَنْ رِفَاعَةَ بْنِ رَافِعٍ الزُّرَقِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا يَوْمًا نُصَلِّي وَرَاءَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، فَلَمَّا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرَّكْعَةِ قَالَ: «سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ». قَالَ رَجُلٌ وَرَاءَهُ: رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ، حَمْدًا كَثِيرًا طَيِّبًا مُبَارَكًا فِيهِ، فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ: «مَنِ الْمُتَكَلِّمُ؟» قَالَ: أَنَا. قَالَ: «رَأَيْتُ بِضْعَةً وَثَلَاثِينَ مَلَكًا يَبْتَدِرُونَهَا، أَيُّهُمْ يَكْتُبُهَا أَوَّلُ Rifo’a ibn Rofe’ Zuraqiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ortlarida namoz o‘qidik. U zot boshlarini ruku’dan ko‘targanlarida: «Sami’allohu liman hamidah», dedilar. Orqalarida bir kishi: «Robbana va lakal-hamdu hamdan kasiyron toyyiban mubarokan fiyh», dedi. U zot namozni tugatgach: «Gapirgan kim?» dedilar. (O‘sha kishi) «Men», dedi. «O‘ttiz nechta ham farishtaning buni birinchi bo‘lib yozishga talashayotganini ko‘rdim», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي وَعَافِنِي وَاهْدِنِي وَارْزُقْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohummag‘firli, varhamni va a’fini vahdini varzuqni», der edilar». 
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Duoning ma’nosi:
«Allohim, meni mag‘firat qil, rahm qil, ofiyat ber, hidoyat qil va rizqlantir». («Hadis va Hayot» kitobidan).عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ : رَبِّ اغْفِرْ لِي ، رَبِّ اغْفِرْ لِي. رواه النسائي  Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida “Robbig‘firliy, Robbig‘firliy” der edilar. Nasoiy rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar