Turli xil mavzu
Assalomu alaykum! Ustozlar Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Biz chet davlatida turamiz va bazi go‘sht maxsulotlarini halol markasi borini olib ishlatamiz. Yaqinda tanishimiz halol deb yozilgan bo‘lsa xam xar xil qo‘shimchalar qo‘shishib yuborarkan extiyot bo‘lilar deb aytdi. Biz daliliz bormi desak internetdan boshqa din vakillarini go‘sht maxsulotlarini qanday so‘yib sotishlarini ko‘rsatdi. Agar shundek bo‘lgan xolda xam o‘sha biz halol deb olayatgan go‘shtlarimizni bilmagan xolda istemol qilgan bo‘lsak duolarimiz qabul bo‘lmaydimi? 2). Xo‘jayinim har jum’a namozidan keyin masjidda tarqatiladigan islomiy gazeta va taqvimlarni olib keladi. Ularni orasida suralar va bazida xadislar xam bo‘ladi. Gazetalar xam to‘planib qolgan, ularni yirtgani ishlatgani qo‘rqamiz. Shularni yoqib yuborsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Qabul bo‘lmaydi. Chunki hozirgi kunda din dushmanlari shu go‘sht mahsulotlariga ham qo‘l tekkazishmoqda. Harom o‘lgan va shariatga muvofiq so‘yilmaganlarga ham halol sertefikatni yopishtirishib musulmonlarni axmoq qilishmoqda. Aniqlab olinglar.
2). Yoqib yuborishingiz joiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar