Masjidlarda mazxab

Assalomu alaykum! Bizning masjidlarimizning aksariyatida namoz Xanafiy mazxabi bo‘yicha o‘qilishi yozib qo‘yilgan, umuman masjidlarimizda rof ul yadayn qilish, Omiynni jahriy aytish, qo‘lni teparoqda bog‘lash va hokazo, boshqa mazxablarning o‘qilish tartibida namoz o‘qishlikka qarshiliklar bo‘lib turadi. Boshqa yurtlarda boshqa mazxab masjidlariga kirganimizda ularni mazxabi bo‘yicha namoz o‘qiymizmi degan savolga ulamolarimiz o‘zingizning mazxabingiz yani Hanafiy mazxabi bo‘yicha o‘qiysiz deb aytishgan. Shu holatga aniqlik kiritib bersangiz. Nima sababdan boshqa mazxabga ergashuvchilarga o‘zining mazxabida namoz o‘qishlikka bizning masjidlarimizda qarshiliklar kuzatilayapti? Bu savolni fitna chiqarish uchun emas, aniqlik kiritish uchun yo‘llayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz masjidlarimizda ko‘rayotgan boshqa mazhabdagilarga o‘xshab namoz o‘qiyotganlarni boshqa mazhabdagilar deb o‘ylasangiz mutlaqo adashasiz. Ular bemazhablar bo‘lib, ahli sunnadagi to‘rt mazhablarni tan olmaydigan toifalar bo‘lishadi. “Biz boshqa mazhabdamiz” deb yolg‘on gapiradi, o‘sha aytgan mazhabini na biror kitobini biladi na biror ulamosida o‘qigan. Undaylar dinini qadrsiz bilgan, ilmsiz amal qilmaydigan fitnachilar hisoblanadi, Alloh hidoyatiga boshlab insof bersin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 139 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar