Ulumul Qur’on kitobidan

Hazrat, "Ulumul Qur’on" kitobining 101-102-betlaridagi hadis matning oxirisida Abu Tolib Nabiyyimiz alayhissalom bilan birga Abu Bakr va Bilollarni roziyallohu anhumo jo‘natganligi keltirilgan ekan. Lekn, shu hadisning tarjimasida "Abu Tolib u zotni bir kishi bilan qaytarib yubordi. " deyilgan. Bu erdagi noaniqlikda bosmada hato bo‘lganmi, yoki buni boshqa sababi bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bosmada noaniqlik bo‘lgan ekan. Arabcha matn qo‘yganlar men tarjima qilgan hadisning oxirigi jumlasi boshqachasini qo‘yishibdi. Sizga tashakkur. Salomat bo‘ling! Inshaalloh yanagi chopda tuzatib qo‘yiladi. Aslida umumiy ma’noga xalal bermaydi. Ammo aniq bo‘lgani afzal.

26 May 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 123 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar